O‘zbekiston | 12:42 / 14.11.2015
14444
9 daqiqa o‘qiladi

Chilonzordagilar bolalar maydonchasi o‘rnida qurilish qilishga qarshi chiqdi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholisi shahar hokimiyati va Chilonzor tumani Qonunchilik organlari tomonidan qo‘pol ravishda qonun buzish holatlari kuzatilayotgani bayon qilingan murojaat yo‘llashdi.

“Bugungi kunda Toshkent shahrida aholi uchun optimal infratuzilma yaratish, qurilish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu maqsadda Respublika hukumati tomonidan maqsad sari yo‘naltirilgan, obektlarni joylashtrish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholining murojaatida Toshkent shahri va Chilonzor tumani Qonunchilik organlari tomonidan qo‘pol ravishda qonun buzish holatlari kuzatilmoqda va aholi uyning old qismidagi yer maydoni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berilishiga qarshi chiqmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkentning Chilonzor tumanidagi Muqimiy ko‘chasida joylashgan “3-Charh Komolon” mahallasidan 7-ko‘p qavatli uylar aholisi murojaat etishgan. O‘z murojaatlarida fuqarolar, xususan «Best Universal Group» MSJ xususiy tadbirkorlarining Konstitutsiyaviy mulkdorlik huquqlarini tiklash masalasi ko‘rsatilgan. Aynan mazkur xususiy tadbirkorlar sa'y-harakatlari bilan uy oldi hududi nafaqat ko‘rkam va zamonaviy tus oldi, balki mahalliy avtoulov egalari uchun qulay avtoturar joylariga ega bo‘ldi.


Endi esa avtoturar joy o‘rnida Uchtepa tumani aholisining so‘zlariga ko‘ra, hukumat organlari, shahar va Chilonzor tumani hokimi bolalar maydonchasini buzib tashlash va uning o‘rnida boshqa obektni qurishga harakat qilishmoqda.
Yangi obektning qurilishi mahalliy aholi uchun qulaylik, ya'ni kommunikatsion qurilma nuqtai nazaridan qay tariqa ta'sir qilishi, ya'ni mahalla aholisining gaz, isitish tizimi, kanalizatsiya, sovuq suvsiz qolishi hech kimni tashvishlantirmayapti shekilli. Balki “3-Charx Komolon” mahallasida yuzaga kelgan vaziyat chuqur o‘rganilmagandir?
Biz vaziyatni huquqlari poymol etilyapti deb hisoblayotgan mahalla aholisi nuqtai-nazaridan o‘rganishga harakat qilyapmiz.


Hammasini bir boshdan boshlasak. Ma'lumki, 2013 yilda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi deputatlari tomonidan 2013 yilning 8 aprelida Toshkent shahar hokimining 314-sonli “Toshkent shahrida avtotransport vositalarini saqlash inshootlarini qurish va shaharsozlik qoidalariga muvofiq tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori ma'qullandi. Aynan ushbu hujjat bilan 2013 yilning may oyidan 2014 yilning dekabriga qadar Toshkent shahrining har bir tumanidagi 41 mingga yaqin garaj va avtoto‘xtash qurilishlarini qayta ta'mirlashning oyma-oy grafigi tasdiqlandi.
Qaror “Namunali mahalla” shahar loyihasiga muvofiq qabul qilindi va garajlarni avtoturar joylariga almashtirish rejalashtirildi, ularning qurilishi jalb etilgan homiylar tomonidan amalga oshiriladigan bo‘ldi. Haqiqat shundaki, mazkur homiylarni ajratilgan yerlarni uning ta'mirlanishiga ajratilgan vositalari bilan hokimning birgina qarori bilan tortib olishlari mumkinligi haqida hech kim ogohlantirmagan.
2014 yilning yanvar oyida hokimning ushbu qarori prokuratura tomonidan bekor qilindi, biroq poytaxtdagi garaj qurilmalarining to‘rtdan bir qismi buzib tashlangan va ularning o‘rnida avtomobil turar joylari barpo etilgan edi.
Shahar ma'muriyatining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qaroriga muvofiq, Muqimiy ko‘chasi 158-uy hududida joylashgan maydoni 0, 1954 ga bo‘lgan, mana shunday yerlardan biri Chilonzor tumani hokimining 2013 yildagi 19 iyuldagi 143-f sonli qarori bilan «Best Universal Group» MChJ ga ajratib berildi.


«3-Charh Komolon» mahallasi aholisining so‘zlariga qaraganda, “yer maydoniga avtoturar joy qurish uchun egalik qilishga ruxsat olinganidan keyin buzib tashlangan garajlardan qolgan hududni tozalashga kirishdik” – deydi qurilish ishlarida bevosita ishtirok etgan Farhod. Ushbu hududdan 80 ta KAMAZ mashinasida qurilish va boshqa chiqindilar olib chiqildi. O‘ralar qazilib, o‘sib ketgan butalar olib tashlandi.
Ushbu sa'y-harakatlar natijasida, mazkur hududda mahalladagi mashina egalari uchun avtoturar joylari, bolalar o‘yin maydonchasi, axlat chiqindilarini yig‘ish joyi qurildi.

Hudud o‘zgacha tus oldi, endilikda bu yerda bolalar o‘ynashi uchun maydoncha, avtomobil egalari uchun esa barcha zarur narsalar - yong‘in xavfsizligi uchun ham, avtotransportlarni toza saqlash vositalari bilan jihozlangan joy bunyod etildi. Zarur kommunikatsiya vositalarining barchasi o‘rnatildi, nazoratchi uchun ham maxsus xona qurildi, yorug‘lik vositalari yo‘lga qo‘yilib, endilikda bu yerda videokuzatuv ishga tushirishili rejalashtirilgan. Barcha yuqorida keltirilgan qulayliklardan bepul foydalanish mumkinligi kishini xursand qiladi. Mazkur avtoturar joy va bolalar maydonchasi 2015 yil avgust oyida bayramona ochilishdan keyin ishga tushdi.
Hammasi ijobiy hal bo‘libdi, natijalar ham yaxshi, unda gap nimada dersiz?


Masalaning nozik tomoni aynan mana shu nuqtadan boshlanadi.
Avtomobillar uchun turar joy ochilishi bilanoq g‘alati va tushunarsiz narsalar sodir bo‘la boshladi. Chunki bugungi kunga kelib avtoturarjoy mavjud va u «Best Universal Group»ga tegishli, biroq avtoturarjoy joylashgan yer maydoni shahar ma'muriyati tomonidan umuman boshqa odamlarga berilgan.
Bunga asos qilib esa Toshkent shahar hokimining 2015 yilning 12 avgustidagi 722 –sonli qarori keltirilmoqda. Unga ko‘ra, 158 uy oldidagi yer hududi Uchtepa tuman, Rahimboboyev ko‘chasi 163 da istiqomat qiluvchi fuqaro Otajonov Dilshod Xusanovga ajratilgan.


Hududni ajratishga asos esa yuqorida nomi keltirilgan fuqaro Otajonov D.X unga tegishli bo‘lgan to‘rt xonali Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Chilonzor-12, 41-uy, 8-xonadonini hokimiyatga topshirganligi deyilyapti.
Shahar boshlig‘i qaroridan keyin 2015 yilning 5 oktabrida Chilonzor tuman hokimining 526-sonli qarori chiqdi. Bu hujjatda esa sabablar keltirilmagan. Biroq ushbu hujjat paydo bo‘lganidan keyin yangi xo‘jayin mazkur hududga kelib, o‘z huquqlarini talab eta boshladi. Uning birinchi harakati esa jinoyat bo‘ldi.


Avtoturarjoyning bir qismida 60 yillik baland chinor bo‘lib, butun hovli va bolalar maydonchasiga soya berib turardi. Yangi xo‘jayin o‘z ishini ko‘p yillik daraxtlarni kesib tashlashdan boshladi. Hozirgi kunga qadar, yangi xo‘jayinning o‘z jinoiy ishlari uchun jazoga tortilmadi.
Darhaqiqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 30 dekabrdagi 272-sonli qarori asosida bo‘sh turgan yer maydonlarini individual turar joy qurish uchun bir oilaga 0,06 gektargacha hajmda umrbod egalik qilish huquqi bilan taqdim etish ko‘rib chiqilgan. Biroq olingan ma'lumotlarga ko‘ra, fuqaro Otajonov D.X Uchtepa tumanidagi to‘rt xonali uyni 2015 yilning 15 iyunida, ya'ni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ishchi guruhi komissiyasi o‘tkazilganidan so‘ng sotib olgan.
Bu esa komissiya o‘z xulosasini ishonchli bo‘lmagan ma'lumotlarga asoslanib berganligini anglatadi. Axir may oyida Otajonov D.X Uchtepa tumanidagi xonadonini bera olmas edi, chunki 15 iyungacha unga egalik qilmagan. Hozir ham qayd etilgan xonadon manzil byurosida ma'lum qilishlaricha, Otajonov D.Xga tegishli. Kim kimga va nimani beribdi degan xulosa kelib chiqyapi.

Yana bir masala yuzaga kelmoqda: Komissiya Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi 158 uyda “bo‘sh turgan yer maydoni” mavjudligi to‘g‘risidagi ma'lumotni qanday qilib oldi, axir Asosiy rejaga ko‘ra, tumandagi qurilish ishlari yakunlangandiku?
Fuqaro Otajonov D.X berilayotgan yer hududi ko‘rsatilgan muddatda bo‘sh emas edi, u «BEST UNIVERSAL GROUP» MChJ ga biriktirilgan edi, uning egalari esa ko‘rsatilgan maydonda istiqomat qiladilar.
Qanday qilib bunday yuridik tushunmovchilik yuzaga kelayotgani tushunarsiz.
Shunday tasavvur paydo bo‘ladiki, 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ishchi komissiyasi qaroriga taqdim etilgan yer joriy yilning may oyida qonuniy egalari mavjud bo‘lganiga qaramay, xo‘jayinsiz edi.
Aynan mana shu masalani hal etish uchun Bosh Prokuratura va Vazirlar Mahkamasiga arizalar yuborilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish