"Manchester Yunayted" klubi sobiq futbolchisi Devid Bekxem Madridning “Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliyaga qaytishi mumkinligi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Yunayted" muxlislari hamon Krishtianu Ronalduni sevishadi. U dunyoning eng yaxshi klubi safida yuqori cho‘qqalarni zabt etdi va buyuk futbolchi ekanini isbotladi.
U haqiqiy mehnatkash va aynan mehnat evaziga u dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biriga aylandi.
Agar Ronaldu "Real"ni tark etishga qaror qilsa, "Yunayted"ga qaytishi kerak. Afsus, men o‘z vaqtida "MYu"ga qaytish imkoniga ega bo‘lmaganman”, - deydi Bekxem.