Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Devid Kemeron: Britaniyada yaqinda hind millatiga mansub bosh vazir paydo bo‘ladi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Londondagi Uembli stadionida hindistonlik hamkasbi Narendra Modining nutqi oldidan Buyuk Britaniyada yaqin orada hind millatiga mansub bosh vazir paydo bo‘ladi, deb aytdi.
“Bosh vazir Modi, hozir siz men har kuni ko‘rayotgan holatni ko‘rmoqdasiz – britaniyalik hindlar Buyuk Britaniyada borgan sari katta rol o‘ynashmoqda. Dauning-stritda hind millatiga mansub bosh vazir paydo bo‘lishiga oz fursat qoldi”, deb aytdi Kemeron Modini tinglagani kelgan 60 ming odam oldida.
Modi Kemeronning nutqini “haqiqatda tarixiy on” deb aytdi.
“Men sizni ishontira olamanki, siz o‘ylagan va har bir hind o‘ylagan orzuni Hindiston amalga oshira oladi. Hindistonda nochor davlat bo‘lib qolishga hech qanday asos yo‘q”, deb aytdi nutqi olqishlar bilan qarshilangan Modi.