23:06 / 14.11.2015
2557

Erdo‘g‘an G20 sammitida birinchi navbatda terrorchilikka qarshi kurashni muhokama qilish kerakligini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Antaliyada bo‘lib o‘tadigan “katta yigirmatalik” (G20) sammitining asosiy mavzusi terrorchilikka qarshi kurash masalasi bo‘lishi kerakligini aytdi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.

G20 sammiti odatda iqtisodiy masalalar, Yaqin Sharqdagi vaziyat va jahon xavfsizligiga bag‘ishlanganiga qaramasdan, Erdo‘g‘an davlatlar yetakchilari birinchi navbatda Suriya va Iroqdagi ixtilofni muhokama qilishlari kerakligiga ishonchi komilligini aytdi.

“Hozir biz terrorchilikka qarshi faqat quruq gap bilan kurashib bo‘lmaslik vaziyatiga keldik. Bu masalaning yechimini oldinga qatorga olib chiqish kerak”, deb ta'kidlamoqda Erdo‘g‘an.

G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Antaliyada o‘tkaziladi. Sammitga “katta yigirmatalik” davlatlari yetakchilari va ularga hamrohlik qiluvchi delegatsiyalar keladi. Hammasi bo‘lib sammitda 13 mingga yaqin kishi ishtirok etadi.

Avvalroq Fransiya prezidenti Parijdagi teraktlar tufayli sammitga tashrifini bekor qilgani ma'lum qilingandi.

Top