Jahon | 15:17 / 14.11.2015
2839
1 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti Fransiyaga bo‘ladigan tashrifini bekor qildi

Parijda sodir etilgan qator teraktlar tufayli Eron prezidenti Xasan Ruhoniyning Fransiya, Italiya va Vatikanga bo‘ldadigan tashriflari bekor qilindi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning ma'lumotlariga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.

Eron prezidenti Ruhoniy 14 noyabrda Parijda sodir etilgan turkum teraktlar munosabati bilan Fransiya hukumatiga o‘z hamdardligini bildirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish