Jamiyat | 20:07 / 14.11.2015
3692
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada muhtoj oilalarga moddiy yordam taqdim etish hujjatlarini soxtalashtirgan amaldor ayol qo‘lga olindi

Farg‘onada muhtoj oilalarga moddiy yordam taqdim etish hujjatlarini soxtalashtirgan amaldor ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, Ardaxshon MFY kotibasi, nafaqa tayinlash axsus komissiyasining a'zosi bo‘lib ishlab kelgan Muhayyoxon Yo‘lchiyeva tegishli hujjatlarni soxtalashtirib, odamlardan pora olish yo‘li bilan muhtojligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzilmagan shaxslarni ham ro‘yxatga kiritgan.

Shu yo‘l bilan u byudjyetga 6 mln so‘mdan ortiq zarar keltirgan.
Ayni paytda, muhtojligi tegishli dalolatnoma bilan tasdiqlangan 4 nafar shaxsga nafaqa pullari tayinlanmagan.

Sud majlisida M. Yo‘lchiyevaning qilmishlari hujjatli dalillar, guvohlarning ko‘rsatmalari bilan isbotalinb, unga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish