12:26 / 14.11.2015
2659

Fransiya FF Parij terakti qurbonlarining yaqinlariga hamdardlik bildirdi

Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gret tashkilot nomidan Parijdagi terakt oqibatida halok bo‘lganlarning yaqinlariga ta'ziya izhor qildi.

"Fransiya futbol federatsiyasidagilar butun mamlakatni qamragan qayg‘u ichida. Biz qurbonlarning yaqinlariga o‘z hamdardligimizni bildiramiz", deyiladi tashkilot ta'ziyanomasida.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni kechasi Fransiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida stadion tashqarisida portlashlar sodir bo‘ldi. Sh vaqtda shaharning boshqa hududlarida davomli teraktlar amalga oshirilgan. Xususan, Sena daryosi bo‘yidagi restoranlarda otishmalar bo‘lib o‘tgan, "Batlakan" teatri jangarilar tomonidan garovga olingan.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, teraktlar natijasida kamida 150 kishi halok bo‘lgan.

Top