19:01 / 14.11.2015
3486

Fransiya futbol federatsiyasi Angliyaga qarshi o‘yinni qoldirmaslikka qaror qildi

Angliya va Fransiya terma jamoasi o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z vaqtida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Fransiya futbol federatsiyasi 17 noyabr kuni “Uembli” stadionida o‘tkazilishi belgilangan Angliya termasiga qarshi o‘yinni bekor qilmaslik haqida qaror chiqardi.

Avvalroq, Fransiyada ro‘y bergan teraktlar tufayli xavfsizlik nuqtai nazaridan mazkur o‘yinni o‘tkazmalik masalasi ko‘rib chiqilayotgani aytilgandi.

Ammo federatsiya o‘yinni o‘tkazishni istamoqda.

Agarda Fransiya hukumati bu qarorga qarshi chiqmasa, 17 noyabr kuni Angliya – Fransiya termalari ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya poytaxti Parij shahrida 13 noyabr kuni oqshomida davomli teraktlar sodir etildi. Portlashlardan biri Fransiya va Germaniya terma jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida, "Stad de Frans" stadioni darvozasi oldida sodir etilgan va bu portlash tufayli 3 kishi halok bo‘lgan.

O‘yinning birinchi taymi vaqtida sodir bo‘lgan teraktlar haqida ma'lumotlar kela boshlagach, o‘yinni kuzatish uchun stadionga kelgan Fransiya prezidenti Fransua Olland darhol evakuatsiya qilinishgan, tomoshabinlar orasida vahima boshlanmasligi uchun bu haqda e'lon berilmagan va o‘yin davom ettirilgan.

Top