Jahon | 21:32 / 14.11.2015
4326
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada tezyurar poyezd izdan chiqib ketishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 60 kishi jarohat oldi

Fransiya sharqidagi Ekveshem shahrida TGV tezyurar poyezdi izdan chiqib ketdi. Poyezd sinovdan o‘tayotgan edi, deb xabar bermoqda Le Parisien nashri.

Poyezdda yong‘in chiqqani qayd qilingan. Bir nechta vagonlar ag‘darilib, Marna-Reyn kanaliga tushib ketgan.

Temir yo‘l falokati oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 60 kishi jarohat olgan. Ularning barchasi sinovda ishtirok etayotgan texnik xodimlar bo‘lgan.

Oxirgi ikki kun ichida bu falokat Fransiyada yuz bergan birinchi fojia emas. 13 noyabrda kechki payt Parijda noma'lumlar tomonidan bir nechta terakt amalga oshirildi. Oqibatda 128 kishi halok bo‘lgan, 250 kishi jarohat olgan. Ushbu teraktlarni Misr, Suriya va Fransiya fuqarolari amalga oshirgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish