Jahon | 22:24 / 14.11.2015
2834
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi: Suriyada 18 oy ichida saylovlar o‘tkazishga qaror qilindi

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayyer Venada bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalariga ko‘ra unda ishtirok etgan davlatlar Suriya muholif guruhlari bilan zudlik bilan muzokaralar o‘tkazishga qaror qilishganini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Uning ta'kidlashicha, davlatlar Suriyada 18 oy ichida saylovlar o‘tkazilishini istashmoqda. Shtaynmayyer bu vazifani hal qilish oson bo‘lmasligini aytdi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi boshlig‘i Federika Mogerini Venada Suriya bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralarni “samarali boshlanish” deb atagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish