12:45 / 14.11.2015
2752

Iker Kasilyas terma jamoa tarkibida 100 ta "quruq" uchrashuv o‘tkazib, rekord qayd etdi

Ispaniya hamda Angliya terma jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi. Ushbu natija Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Iker Kasilyas uchun navbatdagi rekord qayd etish imkonini berdi. Kasilyas futbol tarixida terma jamoa tarkibida 100ta uchrashuvda o‘z darvozasidan gol olib chiqmagan birinchi darvozabon bo‘ldi.

Bundan tashqari, “Portu” darvozaboni latviyalik futbolchi Vitaliy Astafevga tegishli bo‘lgan terma jamoadagi o‘yinlar soni bo‘yicha Yevropa rekordi (165ta uchrashuv) ni takrorladi. 

Top