Jahon | 09:07 / 14.11.2015
13293
1 daqiqa o‘qiladi

IShID: Bu "Fransiyaning 11 sentabri"ga aylanadi

IShID 13 noyabr kuni kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida amalga oshirilgan davomli teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Sky Tg24 kanali xabar tarqatdi.

Terrorchilar bayonotida aytilishicha, mazkur hujumlar Suriya uchun qasos hisoblanadi va bu voqea "Fransiyaning 11 sentabri"ga aylanadi.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Parijdagi teraktlar tufayli halok bo‘lganlar soni 150 kishidan oshgan.

Parijda 13 noyabr kechki payt 7 ta terakt amalga oshirilgan: 4ta hujumda odamlarga qarata o‘q uzilgan, “Bataklan” konsert zalida odamlar garovga olingan, shahar chetidagi “Stad de Frans” stadioni yonida 3ta portlash sodir etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish