Jahon | 21:13 / 14.11.2015
3639
1 daqiqa o‘qiladi

Kemeron Britaniyada teraktlar sodir etilishi mumkinligidan ogohlantirdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Buyuk Britaniyada teraktlar sodir etilishining yuqori ehtimolligi borligini aytdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Kemeronning ta'kidlashicha, Britaniya maxsus xizmatlari hujumlarning oldini olish uchun maksimum sa'y-harakatlarni amalga oshirishmoqda.

Kemeron mamlakat Parijdagi teraktlarda halok bo‘lgan britaniyaliklar haqidagi xabarlarga tayyor turishi kerakligini aytdi.

Yevropa davlatlarining politsiyasi va maxsus xizmatlari kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda.

Teraktlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish