19:18 / 14.11.2015
11572

KUN.UZ dayjesti: 14 noyabr, kunning asosiy xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 14 noyabr kuni O‘zbekistonda va jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Putin Islom Karimovga o‘zaro ittifoq shartnomasi tuzilganining 10 yilligi munosabati bilan tabrik telegrammasi jo‘natdi>>

14 noyabrda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ittifoq shartnomasi imzolanganiga 10 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston rahbari Islom Karimovga tabrik telegarmmasi jo‘natdi.

Obama IShID kuch to‘plamoqda deb hisoblamasligini aytdi>>

AQSh prezidenti Barak Obama IShID terrorchilik guruhi kuch to‘plamoqda, deb hisoblamasligini aytdi.

Dushanbe hokimi hech qanday standartlarga to‘g‘ri kelmaydigan noqonuniy masjidlarni buzishga buyruq berdi>>

Dushanbe hokimi Mahmadsaid Ubaydulloyev Dushanbe hududida jamoatchilik joylari ko‘rinishi ostida noqonuniy qurilgan, shaharsozlik, arxitektura, yong‘in xavfsizligi, sanitariya va epidemiologiya talablariga javob bermaydigan noqonuniy masjidlarni buzish haqidagi qarorni imzoladi.

GM Uzbekistan eksport bozorlarida inqirozga qarshi choralarni ko‘radi>>

GM Uzbekistan “O‘zavtosanoat» va GM Global bilan hamkorlikda kelgusida ichki va tashqi bozor uchun ishlab chiqariladigan avtomobillar safini kengaytirish, ularning mahalliylashtirish darajasini oshirish hisobiga inqiroz ta'sirini kamaytirish maqsadida maxsus kompleks choralarni amalga oshirmoqda.

Independent IShID tahdididan xavotirlanayotgan davlatlar ro‘yxatini chop etdi>>

Nigeriya, Fransiya va Livan IShID jangarilari faolligidan eng ko‘p xavotirlanmoqda, deb ma'lum qilmoqda 2015 yilning bahorida Statista portali o‘tkazgan so‘rovnoma ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda The Independent nashri.

Qirg‘iziston bosh vaziri: biz o‘z imkoniyatlarimizgagina tayanib, bor mablag‘imizdan kelib chiqib yashashni o‘rganishimiz kerak>>

“Yaqin yillarda biz o‘z imkoniyatlarimizgagina tayanib, ehtiyojlarimizga, bor mablag‘imizdan kelib chiqib yashashni o‘rganishimiz kerak”, deb aytdi Qirg‘iziston yangi Vazirlar mahkamasining birinchi kengaytirilgan majlisida Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev.

Qirg‘izistonlik bojxonachilar Tojikistondan noqonuniy yo‘l bilan olib kirilayotgan qariyb bir tonna paxtani to‘xtatib qolishdi>>

Qirg‘iziston bojxonasida Tojikistondan mamlakatga noqonuniy yo‘l bilan olib kirilayotgan qariyb bir tonna paxta to‘xtatib qolindi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston davlat bojxona xizmati.

Nyu-York gubernatori: Fransiya bizning fojiamiz vaqtida qayg‘urgan edi, endi esa biz>>

Nyu-York shahri gubernatori Endryu Kuomo Jahon savdo markazi osmono‘par binosi gumbazi Parijda terroristlar hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga hamdardlik ramzi sifatida bir necha kun davomida Fransiya bayrog‘i rangida yoritilishini ma'lum qildi.

Olland G20 sammitida ishtirok etmaydigan bo‘ldi>>

Fransiya prezidenti Fransua Olland Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadigan “Katta yigirmatalik” sammitidagi ishtirokini bekor qildi. Bu haqda Euronews telekanali xabar bermoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi ShHT Milliy koordinatorlari kengashi yig‘ilishida qatnashadi>>

Xitoy poytaxti Pekin shahrida 17-20 noyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Rossiyaning Sverdlovsk viloyati musulmonlari idorasi raisi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi>>

Joriy yilning 13 noyabr kuni Rossiyaning Sverdlovsk viloyati musulmonlari idorasi raisi, muftiy Abdulquddus Asharin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi. 

Xitoy va Janubiy Koreya Fransiya xalqiga o‘z hamdardligini bildirdi>>

XXR raisi Si Tszinpin Fransiya xalqiga Parijdagi turkum teraktlar sababli o‘z hamdardligini bildirdi, deya xabar qilmoqda Reuters.

Ramzon Qodirov musulmon davlatlari yetakchilarini terrorchilikka qarshi birlashishga chaqirdi>>

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Parijdagi teraktlardan keyin arab va musulmon davlatlari yetakchilarini terrorchilarga qarshi sa'y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.

Devid Kemeron: Britaniyada yaqinda hind millatiga mansub bosh vazir paydo bo‘ladi>>

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Londondagi Uembli stadionida hindistonlik hamkasbi Narendra Modining nutqi oldidan Buyuk Britaniyada yaqin orada hind millatiga mansub bosh vazir paydo bo‘ladi, deb aytdi.

Rossiya TIV: AQSh va Saudiya Arabistoni Suriya muxolifati rahbarlari ro‘yxatini taqdim etdi>>

AQSh va Saudiya Arabistoni Rossiyaga Suriya muxolifati rahbarlarining ro‘yxatini jo‘natgan. Bu haqda RF prezidentining Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Mixail Bogdanov ma'lum qilgan.

Afg‘oniston prezidenti Turkmanistonga davlat tashrifi bilan boradi>>

2015 yilning dekabr oyida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Turkmaniston– Afg‘oniston – Pokiston – Hindiston transmilliy gaz quvuri qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etish uchun Turkmanistonga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda Khaama Press agentligi.

Xitoy sharqida yer o‘pirilishi tufayli 4 kishi halok bo‘lib, 33 kishi bedarak ketdi>>

Xitoy sharqidagi Chjetszyan viloyatida yuz bergan yer ko‘chkisi tufayli 4 kishi halok bo‘lgan va 33 kishi bedarak yo‘qolgan. 

Xitoy bilan viza tartibining bekor qilinishi Rossiyaga 10 mlrd dollar daromad keltirad>>

XXR har ikki davlat hududida sayyohlar oqimini kengaytirish uchun Rossiya bilan vizasiz tartibni joriy etishga urinmoqda, deya xabar qildi “Interfaks” Xitoy Tashqi ishlar vazirligining Yevropa va Osiyo mamlakatlari departamenti rahbari Guy Tsun'yu ma'lumotiga asoslangan holda.

Venada Suriya masalasiga doir yig‘ilish boshlandi>>

Avstriya poytaxti Venada Suriya masalasiga doir ikkinchi ko‘p tomonlama muzokaralar boshlandi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Eron prezidenti Fransiyaga bo‘ladigan tashrifini bekor qildi>>

Parijda sodir etilgan qator teraktlar tufayli Eron prezidenti Xasan Ruhoniyning Fransiya, Italiya va Vatikanga bo‘ldadigan tashriflari bekor qilindi. 

Ravshan Ermatov to‘rtinchi marta OChL finalini boshqaradi>>

Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami deb e'tirof etilgan Ravshan Ermatov 21 noyabr kuni Xitoyning Guanjou shahrida bo‘lib o‘tadigan Xitoyning "Guanjou Evergrand" va BAAning "Al Ahli" klublari o‘rtasidagi o‘yinni boshqarib boradi.

O‘zbekistonlik sambochi 2 karra jahon chempioniga aylandi>>

Sambo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Istam Qudratov Marokashning Kasablanka shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi.

13 noyabr: Qo‘rqinchli Parij>>

13 noyabr kuni parijliklar, nafaqat ular, balki butun fransuzlar uchun odatiy kun bo‘lishi kerak edi. Kimdir mehmonga, yana kimdir esa teatr va dam olish maskaniga, boshqa birov esa futbol ko‘rish uchun yo‘l oldi. Barchasi odatdagidek o‘tishi kerak edi, ammo...




Top