22:02 / 14.11.2015
3365

Messi dam olishga qaramasdan “Barselona” yoshlar jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazdi

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi jarohat olganidan keyin “Real” bilan uchrashuv oldidan tiklanishda davom etmoqda.

Ko‘pchilik futbolchilar o‘z terma jamoalariga jo‘nab ketganlari bois Luis Enrike o‘z shogirdlariga shanba va yakshanba kunlariga dam berdi.

Biroq Messi Xerard Lopes qo‘li ostidagi o‘smirlar jamoasi bilan, so‘ngra jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy bilan mashg‘ulot o‘tkazdi.

Messi yakshanba kuni dam oladi, dushanba kunidan esa asosiy jamoa bilan klasikoga tayyorgarlik ko‘rishni davom ettiradi.

“Real” va “Barselona” o‘rtasidagi navbatdagi el-klasiko 21 noyabrda Toshkent vaqti bilan 22.15 da boshlanadi.

Top