O‘zbekiston | 15:56 / 14.11.2015
4312
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada «Hilol» nashriyoti uyining kitob do‘koni ochildi

2015 yilning noyabr oyi boshida Moskva shahrida «Hilol» nashriyoti uyining yangi kitob do‘koni ish boshladi. Bu haqda Islom.uz sayti xabar bermoqda.

Xabarda keltirilishicha, do‘kondan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining o‘zbek va rus tillaridagi kitoblari va audiodisklarini xarid qilish mumkin.

Shu bilan birga, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblarini boshqa xorijiy davlatlarga eksport qilish va savdosini tashkil qilish istagini bildirgan korxona, tashkilot va jismoniy shaxslar hamkorlikka taklif qilingan.

Ayni paytda, shayx hazratlarining ilmiy merosini boshqa tillarga tarjima qilish istagi va imkoniyati bo‘lgan barcha muxlislarning murojaatlari qabul qilinishi ham qo‘shimcha qilib o‘tilgan.
Yangi ochilgan do‘konning Moskva shahri Pyatnitskiy ko‘chasi 54-uyda joylashgani qayd etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish