18:06 / 14.11.2015
7385

OAV: “Surxon” guruhi yana bir bora parchalandimi?

“Surxon” folklor guruhida yana bir bora parchalanish yuz berdi. Bir necha yil muqaddam guruhni yakkaxon Mahmud Namozov tark etgan edi. Guruh matbuot kotibi Yodgorbek Yuksal bergan ma'lumotga qaraganda, guruhning yana bir a'zosi o‘z ishtirokini to‘xtatdi.

“Darhaqiqat, Arkadiy nam ayrim sabablarga ko‘ra ta'tilga chiqib, vaqtinchalik guruhni tark etgani rost, - uning so‘zlarini keltiradi “Darakchi” nashri. – Ammo bu ba'zi muxlislar o‘ylaganidek, “Surxon” guruhi parchalandi, degani emas. Guruh Arkadiy Namning o‘rniga boshqa birovni qabul qilmaydi”.
Aytilishicha, Nam qaytguniga qadar guruhning boshqa a'zolari To‘lqin Fayz, Ilhom Surxon va Odil Karimovlar ijodni davom ettirib turishadi.

Top