Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olland Parij terakti munosabati bilan Fransiyada 3 kunlik motam e'lon qildi
Fransiya prezidenti Fransua Olland 14 noyabrga o‘tar kechasi Parij shahrida amalga oshirilgan teraktlar tufayli mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qildi.
Ollandning ma'lum qilishicha, uning favqulodda holat to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq politsiya va armiya safarbar etilgan.
Biroz oldinroq, prezident bu teraktlarda IShIDni ayblab chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr oqshomida Parijda davomli teraktlar sodir etildi.
Terrorchilar avvaliga Fransiya va Germaniya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tayotgan «Stad de Frans» stadioni yaqinida portlash sodir etdi. Shundan so‘ng, Sena daryosi bo‘yidagi bir qator restoranlarda xo‘randalarga qarata o‘t ochildi.
Eng asoratli voqealar esa "Batlakan" teatrida yuz berdi. Kontsert vaqtida binoga kirib kelgan jangarilar 4 tomonga o‘t sochib, yuz nafarga yaqin kishini otib tashlab, ko‘plab kishilarga jarohat yetkazishdi.
So‘nggi rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, teraktlar oqibatida 128 kishi halok bo‘lgan, 200 ga yaqin odam tan jarohati olgan.
OAVlarda esa halok bo‘lganlar soni 150 nafar, jarohatlanganlar 250 nafarligi aytilmoqda.