Jahon | 10:25 / 14.11.2015
5846
1 daqiqa o‘qiladi

Olland terrorchilarga qarshi “ayovsiz” urush olib borishga va'da berdi

Fransiya prezidenti Fransua Olland Parij terrorchilarga qarshi urush olib borishini aytdi, deb xabar bermoqda BFM nashri.

“Biz terrorchilarga qarshi ayovsiz urush olib boramiz”, deb aytdi Olland Parijda odamlar garovga olingan “Bataklan” teatrida.

“Bu yerga yaqin bo‘lgan terrorchilar o‘ldirildi”, deb qo‘shimcha qildi Olland.

Fransiya o‘z chegaralarini yopib, qo‘chalarga qo‘shinlarini olib chiqmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish