Jahon | 19:29 / 14.11.2015
3353
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaotadagi Esentai Mall savdo markazida yong‘in ro‘y berib, 600 kishi evakuatsiya qilindi

14 noyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Esentai Mall nomli savdo markazida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Al-Farobiy ko‘chasida joylashgan bu binodan 600 kishi evakuatsiya qilingan. Bu haqda shahar FVV rahbari Sandugash Baymuxambetov ma'lum qilgan.

"Shahardagi Bostandik tumani, Al-Farobiy 77/7 manzilida joylashgan 5 qavatli binoda yong‘in boshlanib, uning 4-qavatini tutun qoplagan. Voqea joyiga o‘t o‘chirish va qutqaruv xizmatlari bo‘linmalari yetib borgan", deydi u.

Ma'lum qilinishicha, evakuatsiya qilinganlarning 180 nafari bolalar bo‘lgan. Yong‘in yarim soat ichida bartaraf qilingan.

 

 

Video opublikovano Ilyas (@ilyas_321)Noya 14 2015 v 2:41 PST

 

Foto opublikovano Symbat (@symbat_spanova)Noya 14 2015 v 2:25 PST

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish