09:28 / 14.11.2015
4611

Parij terakti tufayli Fransiya va Angliya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilinishi mumkin

Futbol bo‘yicha Fransiya va Angliya terma jamoalar o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan o‘rtoqlik uchrashuvi Parijdagi davomli teraktlardan keyin bekor qilininishi mumkin. Bu haqda Bleacher Reporter nashri xabar tarqatdi.

Bu o‘yin 17 noyabr kuni o‘tkazilishi kutilayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni kechasi Parijdagi "Stad de Frans" o‘yingohida Fransiya va Germaniya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida stadion yaqinida 3 marta portlash sodir bo‘ldi.

Ko‘p o‘tmasdan, shahardagi "Bataklan" teatri jangarilar tomonidan garovga olingani va Sena bo‘yidagi restoranlarda terrorchilar odamlarga qarata o‘t ochgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hujumlar qurbonlari soni 153 nafarga yetgan, ulardan 112 nafari maxsus xizmatlar tomonidan ozod etilgan “Bataklan” konsert zalida halok bo‘lgan.

Ko‘plab odamlar yaralangan, evakuatsiya ishlari olib borilmoqda. Fransiya bo‘ylab favqulodda vaziyat tartibi kiritildi, chegara nazorati kuchga kirdi, xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 1,5 ming harbiy safarbar qilindi.

Top