Sport | 14:29 / 14.11.2015
2549
1 daqiqa o‘qiladi

Parijda 14-15 noyabr kunlariga belgilangan barcha sport tadbirlari bekor qilindi

Parij shahri va shahar atrofidagi hududlarda 14-15 noyabr kunlari o‘tkazilishi kerak bo‘lgan sport musobaqalari 13 noyabr kuni ro‘y bergan teraktlar tufayli bekor qilindi. Bu haqda mahalliy nashrlarda xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Parijda amalga oshirilgan teraktlardan biri "Stad de Frans" yaqinida ro‘y berdi. Bu vaqtda stadionda Fransiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilayotgan, o‘yinni tomosha qilish uchun Fransiya prezidenti Fransua Olland ham stadionga tashrif buyurgandi.

Stadion darvozalaridan biri oldidagi portlash tufayli 3 kishi halok bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish