09:31 / 14.11.2015
4006

Parijda favqulodda holat tizimi joriy qilindi

Amalga oshirilgan qator hujumlar tufayli, Parijda favqulodda holat joriy etildi, deb BFM telekanaliga xabar berdi Fransiya prezidenti Fransua Olland.

“Men harbiylardan markazda aloqa qilishlarini so‘rayman. Parijga yuqori darajadagi terroristik xavf e'lon qilingan. Transportlarga chiqilmasin. Biz chegaralarni yopishni muhokama qilyapmiz”, — dedi Olland yig‘ilishdan so‘ng.

Parijning 10-okrugida joylashgan Le Carillon restoranida otishma sodir bo‘ldi. “Stad de Frans” stadionida uchta portlash bo‘ldi. Shuningdek, Les Halles savdo markazida ham otishma bo‘lgani haqda xabar qilindi.

Hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 60ga yaqin, jarohatlanganlar soniga aniqlik kiritilmagan.

Top