09:18 / 14.11.2015
7010

Parijdagi teraktlar ijrochilaridan 8 nafari halok bo‘ldi

Ayni vaqtga kelib, fransuz maxsus xizmatlari shaharda davomli teraktlar amalga oshirgan jangarilardan 8 nafari yo‘q qilinganini ma'lum qildi. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda, Frans Press nashri xabar tarqatdi.

Ayni vaqtda bu teraktlarda jami qancha terrorchi qatnashgani aniq emas.

Ulardan 4 nafari "Bataklan" teatrini qamal qilish vaqtida yo‘q qilingan. Yana 3 nafar terrorchi "Stad de Frans" stadioni yaqinida o‘ldirilgan.

Yana bir jangari Volter xiyobonida o‘zini portlatgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hujumlar qurbonlari soni 153 nafarga yetgan, ulardan 112 nafari maxsus xizmatlar tomonidan ozod etilgan “Bataklan” konsert zalida halok bo‘lgan.

Ko‘plab odamlar yaralangan, evakuatsiya ishlari olib borilmoqda. Fransiya bo‘ylab favqulodda vaziyat tartibi kiritildi, chegara nazorati kuchga kirdi, xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 1,5 ming harbiy safarbar qilindi.

Top