21:04 / 14.11.2015
3579

Parijliklar teraktlarda jarohat olganlarga qon topshirish uchun navbatlarda turibdilar

Parij shifoxonalari oldida teraktlarda jarohat olganlarga qon topshirishni istovchilardan iborat katta navbatlar yuzaga keldi.

“Parijliklar bugun kechagi hujumdan keyin birlashdilar, odamlar o‘z qonlarini berish uchun navbatlarda turibdilar”, deb aytilmoqda Mirror nashridagi xabarda.

Ba'zi OAVlar qon topshirish punkti yonida hosil bo‘lgan uzun navbatlar suratlarini chop etdilar.

13 noyabr kechki payt Parijda bir qator teraktlar amalga oshirildi. Noma'lum bosqinchilar odamlarga hujum qilishi oqibatida kamida 128 kishi halok bo‘ldi, 300 ga yaqin odam jarohat oldi.

Top