Jahon | 15:47 / 14.11.2015
6264
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya hukumati Suriyada jang qilish uchun chiqib ketganlarning kimligi nomma-nom biladi

Rossiya hukumati Suriyaga jang qilish maqsadida chiqib ketganlarni nomma-nom bilib, ushbu shaxslar chegaralarda paydo bo‘lishi bilanoq aniqlanib, nazorat ostiga olinadi, deya xabar berdi RIA “Novosti” Shimoliy Kavkaz okrugidagi yuqori lavozimli axborot manbasi ma'lumotiga asoslangan holda.

“Kimning Suriyaga ketganini familiyama-familiya, ismma-ism bilamiz va gorizontda paydo bo‘lishlari bilanoq to‘liq kuzatiladi va nazorat qilinadi”, - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat oilalar bilan ish olib bormoqda, mamlakatga qaytishga harakat qilayotgan jangarilarga qo‘shilmoqchi bo‘lgan fuqarolarni qo‘lga olayapti va ularning barcha harakatlari nazorat ostiga olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish