Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergey Lavrov: IShID, “Jibhad an-Nusra” va boshqa terrorchilik guruhlari umumiy nishonga aylanishi kerak
Terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha keng xalqaro koalitsiyaning zarurligini tushunish ortmoqda, bu yerda dastlabki shartlar noo‘rin, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura bilan birgalikda bergan matbuot-anjumanida.
“Parijda kechagi dahshatlar eng so‘nggi shubha bildiruvchi odamni ham nafaqat terrorchilik hech narsa bilan oqlanmasligini, balki bizning bu yovuzlik bilan kurashdagi sustkashligimiz ham hech narsa bilan oqlanmasligiga ishontirishi kerakligi ayon”, deb aytdi Lavrov.
IShID, “Jibhad an-Nusra” va boshqa terrorchilik guruhlari yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan umumiy nishonga aylanishi kerak, deb ta'kidladi Lavrov.
“Bizda IShID, “Jibhad an-Nusra” va boshqa terrorchilik guruhlari bizning umumiy qonuniy nishonishimizga aylanishi va biz ularni yo‘q qilishimiz kerakligi haqida umumiy kelishuv bor”, deb aytdi Lavrov.