23:16 / 14.11.2015
4459

Shirokovning goli Rossiya terma jamoasiga Portugaliya ustidan g‘alaba keltirdi

Rossiya terma jamoasi Krasnodarning “Kuban” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Portugaliya milliy terma jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. Uchrashuv rossiyaliklar foydasiga 1:0 hisobi bilan yakunlandi. Yagona golni uchrashuv oxirida Rossiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Roman Shirokov kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi.
Rossiya — Portugaliya — 1:0
Gollar: Shirokov, 89 (1:0).

Top