Sport | 12:42 / 14.11.2015
4352
2 daqiqa o‘qiladi

«Stad de Frans» yaqinidagi portlash tufayli 3 kishi halok bo‘lgan

Fransiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tayotgan «Stad de Frans» stadioni yaqinida portlash amalga oshirilishi tufayli 3 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Grae Canal + telekanali efiri vaqtida ma'lum qildi.

"Stadionga kirish darvozalaridan biri oldida (J darvozasi) portlash sodir bo‘lgach, 3 kishi halok bo‘lgan va yana bir necha kishi jarohatlangan", deydi Le Grae.

Bu vaqtda o‘yinni tomosha qilish maqsadida kelgan Fransiya prezidenti Fransua Olland ham stadion ichida edi. U o‘yin yakunlanishi bilan stadionni tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, Parijda 13 noyabr kechasi 6 tadan 7 tagacha terakt amalga oshirilgan: 4 ta hujumda odamlarga qarata o‘q uzilgan, “Bataklan” konsert zalida odamlar garovga olingan, shahar chetidagi “Stad de Frans” stadioni yonida 3 ta portlash sodir etilgan.

Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish