19:13 / 14.11.2015
5022

The Guardian: Fransiya IShIDga qarshi kurashda g‘arb davlatlari ichida maksimal samaradorlikni ko‘rsatdi

Fransiyaning Suriyadagi siyosati barcha g‘arb davlatlarniki ichida eng samaralisii bo‘ldi. Dastlab gap Bashar Asadning ketishi haqida ketgan, biroq IShID paydo bo‘lgandan keyin Fransiya Buyuk Britaniyadan farqli, terrorchilarga qarshi hujumlarga qo‘shildi, deb yozmoqda The Guardian nashri.

IShIDning 14 noyabrda Parijdagi teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan xabarida Parijga hujumlar “musulmonlarni halifalik yerlarida bombardimon qilganlik uchun javob” deb ta'kidlangan.

Hafta davomida Fransiya harbiy-havo kuchlari bir necha bor jangovor parvozlar amalga oshirib, IShID infratuzilmasi – Dayr-az-Zo‘rdagi neft vishkalariga zarba berdi. Bunday hujumlar IShIDning moliyaviy barqarorligiga putur yetkazishdan iborat. Fransiya prezidenti Fransua Olland avvalroq IShIDga qarshi zarbalar samaradorligini yanada oshirish uchun “Sharl de Goll” aviatashuvchi kemasini Suriyaga yuborgandi.

Umumiy hisobda fransuz harbiy samolyotlari 1,3 mingga yaqin parvoz amalga oshirib, terrorchilarning 450 nishonini yo‘q qilgan.

Top