Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XXR, Italiya va Turkiya Fransiyadagi o‘z fuqarolaridan ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi
14 noyabr kuni Parijda sodir bo‘lgan qator teraktlar sabab Fransiyadagi XXR, Turkiya va Italiya elchixonalari Fransiyadagi o‘z fuqarolariga agar zarurat bo‘lmasa uylaridan tashqariga chiqmasliklarini, jamoat joylarida teraktlarga aloqador har qanday uyushtirilajak tadbirlardan uzoqda bo‘lishliklarini so‘radi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ushbu mamlakatlar fuqarolari, shuningdek, politsiya va mahalliy OAV xabarlaridan voqif bo‘lishga chaqirildi.
Favqulodda holatlarda ular Parijda joylashgan o‘z mamlakatlari elchixonasiga murojaat etishlari mumkinligi haqida aytildi.