Sport | 18:01 / 15.11.2015
4722
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Ahmedov: Maldivni tanlab adashmadim

O‘zbekistonlik futbolchi, joriy mavsum boshidan buyon Maldiv orollarining “Nyu-Radiant” jamoasi tarkibida to‘p surayotgan Alisher Ahmedov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida o‘zining ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Mavsum boshida Maldiv orollari chempionatidan taklif tushdi. To‘g‘risi, bu chorlov men uchun yangilik edi. Shu bois qiziqib qoldim va “Nyu-Radiant SK” klubining taklifini qabul qildim, - dedi u. – Shuningdek, bu klubning chorlovini qabul qilishimning yana bir sababi shuki, jamoa mamlakatning eng kuchlisi hisoblanadi. Har yildi OFK Kubogi musobaqasida to‘p surib keladi”.
Ahmedov jamoa tarkibidagi tajribasini ijobiy baholadi. Dastlab u bu yerdagi chempionatning saviyasini ancha past deb o‘ylab, adashganini tan oldi.

Shuningdek, Ahmedov dastlab klub bazasida turishga to‘g‘ri kelganini, ayni paytda esa slovakiyalik boshqa bir legioner bilan birga turganini aytib o‘tdi.
Kelajakdagi rejalari haqida gapirar ekan, o‘zbekistonlik sportchi aniq fikr aytmadi.
“Hozircha biror nima deya olmayman, - dedi u. – Chunki oldimda qator variantlar bor. Bir qator yaxshi takliflar tushmoqda. Hammasini o‘ylab ko‘rib, keyinchalik biror qarorga kelaman”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish