Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Benzema tovlamachilik ishida aybdor deb topilsa, «Real» undan voz kechadi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Benzema jamoadan ketishi mumkin. AS nashrida yozilishicha, agar u Mate Valbuenaga nisbatan tovlamachilik qilishda aybdor deb topilsa, "Real" undan voz kechadi.
Eslatib o‘tamiz, noma'lum jinoyatchilar "Lion" futbolchisi Mate Valbuenaga ishqiy sahnasi tasvirlangan videoni tarqatib yuborish bilan tahdid qilgan va undan 150 ming yevro talab qilgan edi. Benzema ham bu ishga aloqadorlikda ayblanmoqda.
Agar Benzema aybdor deb topilsa, "Real" prezidenti Florentino Peres u bilan shartnomani bekor qiladi.
Madridliklar rahbariyati qishki transfer mavsumidayoq Benzemani sotuvga qo‘yishi ham mumkinligi aytilgan.
Biroz oldinroq, Benzema Valbuenani shantaj qilishda ishtirok etganini tan olgani xabar qilingandi.