Jahon | 17:23 / 15.11.2015
3414
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaga Suriyadan 450 nafar radikal fuqaro qaytib kelgan

Suriyadan Birlashgan Qirollikka qaytib kelgan 450 nafargacha radikal-jangari Britaniya milliy xavfsizligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid uyg‘otadi. Bu haqda Britaniya IIV qoshidagi xavfsizlikni ta'minlash va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha xizmat direktori Charlz Farr ma'lum qildi.

“Aksilterror xizmati manbalari 450 nafargacha radikallashgan britaniyaliklar Suriyadan Birlashgan Qirollikka qaytib kelgani haqidagi axborotni taqdim etishdi”, - deya iqtibos keltirdi Sunday Telegraph nashri. Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Farr Suriyaga borgan 750 nafarga yaqin Britaniya fuqarosi xavfsizlik va razvedka xizmatlari e'tiboriga tushgan bo‘lib, ularning 60 foizi vataniga qaytib kelishganini aytgan. 70 nafar britaniyalik esa o‘ldirilgan.

Aksilterror xizmati rahbari xabariga ko‘ra, IShID qaytib kelganlarga o‘z g‘oyasini singdirgan bo‘lib, Suriya va Iroqqa qaytib bora olmaydiganlar o‘zi istiqomat qilayotgan hududda teraktlar uyushtirishga targ‘ib qilinishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 100 nafar kishi terroristik tahdidlar uyg‘otishi mumkin bo‘lgan eng ashaddiy shaxslar ro‘yxatiga kiradi. Avvalroq esa Suriyadan 350 nafardan ortiqroq kishi qaytib kelagin to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish