Jahon | 18:49 / 15.11.2015
2763
1 daqiqa o‘qiladi

YeI davlatlarining adliya vazirlari 20 noyabr kuni favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

20 noyabr kuni Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining adliya vazirlari ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkaziladi.

Ma'lum qilinishicha, bu yig‘ilishda Parij terakti bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi.

"Yevropa varvarizm va terrorizmga qarshi kurashda Fransiya bilan birga", deyiladi shu haqdagi bayonotda.

Biroz oldinroq, Fransiya IIV rahbari Bernar Kaznev YeI davlatlarining Ichki ishlar vazirlari navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazilib, unda Parij terakti masalasi muhokama qilinishi taklifi bilan chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida IShID jangarilari tomonidan davomli teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezliklar natijasida 129 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 352 nafarni tashkil etadi. Jarohatlanib shifoxonaga yotqizilganlarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish