Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya bosh vaziri: mamlakat Suriyada IShID marralariga aviazarbalar berishda davom etadi
Fransiya bosh vaziri Manuel Vals mamlakat Suriyadagi IShID marralariga aviazarbalar berishda davom etishini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Parijdagi qo‘poruvchilik harakatlari natijasida 129 kishi halok bo‘ldi, 352 kishi jarohatlangan bo‘lib, ularning 99 nafari og‘ir ahvolda. Parijda favqulodda holat tartibi joriy etilgan. IShID jangarilari terroristik hujumlarga aloqador ekanini tan olishdi.
Avvalroq The Guardian nashri fransuz siyosati Suriyada boshqa g‘arb mamlakatlariga qaraganda eng samarali ta'sir ko‘rsatgani haqida yozgan edi. Gap dastlab Bashar Asad hokimiyati haqida ketmoqda. Biroq IShID paydo bo‘lganidan so‘ng Fransiya, Britaniyadan farqli ravishda, terroristlarga qarshi hujumlarga qo‘shildi.