10:50 / 15.11.2015
5057

Fransiya politsiyasi terroristlardan birining akasi va otasini qo‘lga oldi

Frantsuz politsiyasi «Bataklan» teatrida odamlarni garovga olishda ishtirok etigan terrorist-xudkushlardan birining akasi va otasini qo‘lga oldi, deya yozmoqda Liberation.

Tergov jarayoniga aloqador axborot manbasining xabar berishicha, Fransiya fuqarosi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan jangarining qarindoshlari yashagan uylar politsiyaning aksilterror bo‘linmalari tomonidan tintuv qilinmoqda.

Avvalroq parijlik terroristlardan biri maxsus xizmatlar nazorati ostida bo‘lgani xabar qilingan edi. O‘z navbatida, terroristlikda gumon qilinayotgan ikki shaxs Fransiyaga Gretsiya orqali kirib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr oqshomida Parijning bir qancha okruglarida teraktlar uyushtirildi va buning oqibatida 129 nafar kishi nobud bo‘ldi, jarohat olganlardan 99 kishining ahvoli ancha og‘irligi ma'lum qilindi.

Top