Jahon | 20:44 / 15.11.2015
2795
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya va Britaniya o‘rtasida razvedka ma'lumotlari almashish kengaytiriladi

Fransiya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirliklari Parijdagi terakt tufayli bundan keyin doimiy aloqada bo‘lib, o‘zaro razvedka ma'lumotlari almashish hajmini kengaytiradi. Bu haqda Fransiyaning Londondagi elchisi Silviya Bermannga asoslanib, RIA Novosti xabar qilgan.

"Biz o‘zaro razvedka ma'lumotlari almashishni kengaytiramiz. Ikki davlat maxsus xizmatlari hamkorlikda ish olib borishadi. Ikki davlatning TIV rahbarlari doimiy aloqada bo‘lib turishadi", deydi elchi xonim.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida IShID jangarilari tomonidan davomli teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezliklar natijasida 129 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 352 nafarni tashkil etadi. Jarohatlanib shifoxonaga yotqizilganlarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish