23:16 / 15.11.2015
10387

Frantsuz politsiyasi Parij teraktlarining ozodlikda yurgan ijrochisi suratini e'lon qildi

Fransiya politsiyasi o‘z rasmiy tvitteri orqali Parij teraktlarini sodir etganlikda gumon qilinayotgan terrorchi suratini e'lon qildi.

Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu shaxsning ismi Abdusalim Saloh bo‘lib, u o‘ta xavfli jinoyatchi hisoblanadi. Huquqni muhofaza qilish organlari u bilan hech qanday aloqaga kirishmaslikni tavsiya qilishgan.

Biroz oldinroq, politsiya qochqinlikda yurgan terrorchini qidirayotgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida IShID jangarilari tomonidan davomli teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezliklar natijasida 129 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 352 nafarni tashkil etadi. Jarohatlanib shifoxonaga yotqizilganlarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Top