Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G20 rahbarlari chegaralarni qo‘riqlash choralarini kuchaytirish haqida kelishib olishadi
Turkiyaning Antalya shahridagi sammitda yig‘ilgan G20 ishtirokchilari chegaralar nazoratini kuchaytirish va aviaxavfsizlikni ta'minlash me'yorlarini oshirish borasida kelishib olishadi. Bu haqda loyiha matbuotga ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, 14 noyabrga o‘tar kechasi Parij shahrida sodir etilgan teraktlardan keyin sammit dasturiga shu haqda qo‘shimcha kiritilgan.
Xabarda aytilishicha, sammit ishtirokchilari bu voqeaga munosabatlarini bildirib o‘tishadi.
Biroz oldinroq, Fransiya TIV rahbari Manuel Vals terakt qurbonlaridan 103 nafarining shaxsi aniqlangani haqida ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida IShID jangarilari tomonidan davomli teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezliklar natijasida 129 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 352 nafarni tashkil etadi. Jarohatlanib shifoxonaga yotqizilganlarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.