Jahon | 17:17 / 15.11.2015
9585
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq Fransiya, AQSh va Eronda uyushtiriladigan qo‘poruvchiliklar haqida razvedka ma'lumotlari mavjudligini oshkor qildi

Iroq Fransiya, AQSh va Eronda qo‘poruvchilik harakatlari uyushtiriladigan mamlakatlar ekani to‘g‘risida razvedka ma'lumotlariga egaligini oshkor qildi, deya xabar bermoqda Reuters.
Bu haqda Iroq TIV rahbari Ibrohim al Jafariy ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, olingan ma'lumotlar mazkur mamlakatlar maxsus xizmatlariga yetkazilgan.
Agentlik vazirning gap aynan qachongi hujumlar haqida ketayotgani haqida aniqlik kiritmaganiga alohida e'tibor qaratdi. Murojaatning o‘zi esa Parijda qo‘poruvchiliklar sodir etilganidan keyin bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr oqshomida Parijning bir qancha okruglarida teraktlar uyushtirildi va buning oqibatida 129 nafar kishi nobud bo‘ldi, jarohat olganlardan 99 kishining ahvoli ancha og‘irligi ma'lum qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish