12:03 / 15.11.2015
9884

Islom Karimov Fransiya xalqiga va prezidentiga hamdardlik bildirdi

2015 yilning 14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Fransiya Respublikasi Prezidenti Fransua Olland nomiga maktub yo‘lladi. Unda 13 noyabr kuni Parij shahrida yuz bergan qator terroristik aktlar natijasida Fransiya fuqarolarining qurbon bo‘lganligi munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a'zolariga va yaqinlariga hamda jabrlanganlarga, shuningdek, butun Fransiya xalqiga hamdardligini yetkazishni so‘radi. «Qayg‘uyingizga hamdardmiz» so‘zlari alohida qayd etildi.

Top