Jahon | 00:54 / 15.11.2015
4388
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada o‘tkazilgan namoyish paytida 12 kishi qo‘lga olindi

14 noyabr kuni Seulda hukumatga qarshi 70 ming kishidan iborat namoyish vaqtida shahar politsiyasi 12 kishini hibsga olgan. Bu haqda Assoshieyted Press. agentligi xabar bermoqda.

Agentlik bergan ma'lumotga ko‘ra, politsiya namoyish ishtirokchilarini tarqatib yuborish maqsadida ko‘zdan yosh oqiruvchi gaz va suv otgichlardan foydalangan. Shaharning turli nuqtalaridan kelgan namoyishchilar shahar kengashi binosiga yopirilib kirishgan. Ular aholi bandligi va ta'lim sohasidan norozi bo‘lishib, prezident Pak Kin Xe hukumatiga qarshi namoyish o‘tkazishgan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, bu 2008 yilning may oyida 100 ming kishilik norozilikdan keyingi Seul tarixidagi eng yirik namoyishdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish