Jahon | 19:59 / 15.11.2015
4759
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In Bashar Asadni Suriyadagi “O‘zgarishlar harakati”ning 45 yilligi bilan qutladi

KXDR yetakchisi Kim Chen In Bashar Asad, Suriya hukumati va xalqini mamlakatda boshlangan “O‘zgarishlar harakati”ning 45 yilligi bilan muborakbod etdi. Bu haqda TsTAK axborot agentligi xabar bermoqda.

U o‘zining tabrik telegrammasida Suriya xalqiga “yanada ko‘p omad va dushmanlarga qarshi kurashda kuchli bo‘lishlikni” tilagan. Shu bilan birga u Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlashini ham izhor etgan.

Ma'lumot uchun, "O‘zgarishlar harakati”ga (The rectification movement in Syria) 1970 yilning 16 noyabrida o‘sha paytdagi mamlakat mudofaa vaziri Hofiz Asad boshchilik qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish