Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:40 / 15.11.2015
4038
1 daqiqa o‘qiladi
Lavrov: barcha tomonlar Suriya va Asadning kelajagini Suriya xalqi hal qilishi kerakligini tasdiqlashdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriya masalasi bo‘yicha Venada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tomonlar Suriyaning kelajagini uning halqi hal qilishi kerakligini tasdiqlashganini ma'lum qildi.
“Biz Suriya kelajagini faqat Suriya xalqi hal qilishini tasdiqladik. Bu shak-shubhasiz prezident Asad va bu davlatdagi istalgan boshqa siyosatchi taqdiriga ham tegishli”, deb aytdi Lavrov Venadagi muzokaralar natijalariga ko‘ra o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish