Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livanda Bayrut teraktiga aloqadorlikda gumon qilinib, 7 kishi qo‘lga olindi
Livanda 7 kishi Bayrutdagi terakt tashkilotchilari sifatida hibs qilindi. Bu haqda Al Arabiya telekanali orqali ma'lum qilingan.
Bu haqdagi ma'lumot mamlakat IIV rahbari Nuxad Mashnuk tomonidan aytilgan.
Biroz oldinroq, Bayrutdagi terakt qurbonlari soni 43 nafarga yetgani, jarohatlanganlar soni esa 240 nafarligi xabar qilingandi.
12 noyabr kunining ikkinchi yarmida Bayrutdagi aholi gavjum bo‘lgan ikki hududda terrorchi-hudkushlar o‘zlarini portlatishdi. Bu hududlarda asosan shialar istiqomat qilishadi.
Ushbu teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Livan IIV rahbari Nuhad Mashnukning aytishicha, shu kuni jangarilar shaharning 4ta joyida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lishgan, portlashlardan biri tufayli uchinchi nuqtaga ketayotgan terrorchi halok bo‘lgan, to‘rtinchisi esa qochib ketgan.