02:00 / 15.11.2015
5288

OAV: Germaniya janubida o‘ldirilgan bolalarning onasi jinoyatni o‘z bo‘yniga oldi

12—13 noyabr kunlari Germaniya janubidagi Vallenfels shahrida sodir etilgan bolalar qotilligini ularning onasi o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Spiegel jurnali xabar bermoqda.

Avvalroq yaqinga qadar 45 yoshli ayol yashagan xonadondan sakkiz nafar bolaning jasadi topilgani haqida ma'lum qilingan edi. Politsiyaning aytishicha, murdalar sochiqlarga va plastik paketlarga o‘ralgan bo‘lib, ularning “holati juda yomon bo‘lgan”. Ayolning qo‘shnilari uning muloyimtabiatli bo‘lganligini, ammo so‘nggi paytlarda eri bilan tez-tez urishib qolayotgani haqida xabar berishgan.

Nashriyot barcha bolalarning o‘limida ayolning qo‘li bor yoki yo‘qligiga oydinlik kiritmagan.

Top