Jahon | 08:34 / 15.11.2015
2211
1 daqiqa o‘qiladi

Obama iqlim masalalari bo‘yicha Parijda o‘tkaziladigan sammitdagi ishtirokini bekor qilmaydi

AQSh prezidenti Barak Obama Parijda sodir bo‘lgan teraktlarga qaramay, Fransiya poytaxtida noyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan iqlim masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro anjumanda ishtirok etishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Reuters.

Bu haqda prezident ma'muriyatidagi yuqori martabali manba ma'lum qilgan.
Fransiyadagi manbaning ma'lum qilishicha esa, Fransiyada sammit o‘tishi bekor qilinmaydi, xavfsizlik choralari yanada oshiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish