Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:00 / 15.11.2015
4605
1 daqiqa o‘qiladi
Obama Putin bilan Ukrainada Minsk kelishuvini amalga oshirish haqida suhbatlashdi
AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida Minsk kelishuvini Ukrainada amalga oshirishini to‘la qo‘llab-quvvatlashi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
“Prezident yana bir bor Minsk kelishuvida tasdiqlangan og‘ir qurollarni olib chiqib ketish, asirlarni ozod etish va xalqaro chegarada tinchlik o‘rnatish masalasini to‘la qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi”, — deydi Oq uy vakili.
Shuningdek, ikki davlat rahbari Suriya ziddiyati masalasini ham muhokama etishdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish