15:38 / 15.11.2015
4129

Odil Ahmedov: “Yamanga yaxshi kayfiyatda yo‘l olmoqdamiz”

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov KXDRga qarshi o‘yindagi g‘alaba tufayli futbolchlar Yamanga yaxshi kayfiyatda yo‘l olayotganini ta'kidladi.

Yaman terma jamoasiga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun JAR stadionida mashg‘ulot o‘tkazdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Yamanga qarshi o‘yinga ham terma jamoa jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgani va KXDRga qarshi o‘yindagi g‘alabadan so‘ng terma jamoa yaxshi kayfiyatda navbatdagi o‘yinga yo‘l olayotganini ta'kidladi.

“KXDRga qarshi muhim uchrashuvdagi g‘alaba tufayli terma jamoa futbolchilarining kayfiyati a'lo darajada. Biz shunday kayfiyat bilan Yamanga qarshi o‘yinga yo‘l olmoqdamiz. Biz Yamanga qarshi o‘yinga ham avvalgi o‘yinlarga bo‘lgani kabi jiddiy tayyorgarlik ko‘rayapmiz”, - deydi Ahmedov.

“Yaman terma jamoasining turnir jadvalida egallab turgan o‘rni bizning tayyorgarligimizga ta'sir ko‘rsatmaydi. Biz KXDRga qarshi o‘yin natijasini o‘yinning ertasigayoq unutdik va navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishni boshladik. Yaman terma jamoasi oldingi turda safarda Filippinni mag‘lub etdi va ular ham bu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishlari aniq. Biz Yamanga qarshi avvalgi raqiblarimiga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsak, xuddi shunday tayyorgarlik ko‘ramiz”, deydi milliy terma jamoa sardori.

“Muxlislar uchun chiroyli o‘yin ko‘rsatishga va yirik hisobda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Asosiysi esa, g‘alaba va uch ochko”, - dedi Ahmedov.

Top